Daryo

Oʻzbekistonda dorixonalar bir yilda qariyb 8 mlrd so‘m asossiz daromad oldi

Bunda 765 ta dorixonada aniqlangan 267 456 holat bo‘yicha mablag‘ isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

2 daqiqa o‘qish4 142 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonda dorixonalar 2025-yilda 8 milliard so‘mga yaqin asossiz daromad oldi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, dorilarga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirish holatlari bo‘yicha huquqbuzarlik Soliq organi tizimida aniqlanib, “Fair tech” axborot platformasiga yuboriladi.

O‘tgan yilda ham ushbu tizimga kelib tushgan xabarlar asosida 765 ta dorixonada 267 456 ta holatda 7,95 milliard so‘m miqdorda asossiz daromad olingani aniqlandi. Mablag‘ isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Tekshiruvlarda Surxondaryodagi 53 ta dorixonada 9 445 ta holatda 1 milliard 570,2 million so‘mlik, Toshkentda 131 219 ta holatda 1 milliard 404,7 million so‘mlik, Samarqandda 5 167 ta holatda 1 milliard 231 million so‘mlik, Buxoroda 38 355 ta holatda 929,4 million so‘mlik hamda Toshkent viloyatida 21 983 ta holatda 735,1 million so‘mlik dori vositalari narxlari asossiz oshirilgan.

Qolgan hududlarda raqamlar quyidagicha:

  • Namangan viloyatida — 56 ta dorixonada 36 310 ta holatda 575,2 million so‘m;
  • Navoiy viloyatida — 79 ta dorixonada 20 645 ta holatda 329 million so‘m;
  • Farg‘ona viloyatida — 35 ta dorixonada 22 760 ta holatda 310,1 million so‘m;
  • Qashqadaryo viloyatida — 50 ta dorixonada 2 783 ta holatda 203,6 million so‘m;
  • Sirdaryo viloyatida — 33 ta dorixonada 2 782 ta holatda 208,6 million so‘m;
  • Xorazm viloyatida — 25 ta dorixonada 3 867 ta holatda 199,3 million so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 26 ta dorixonada 5 311 ta holatda 130,3 million so‘m;
  • Andijon viloyatida — 26 ta dorixonada 3 200 ta holatda 95,5 million so‘m;
  • Jizzax viloyatida — 23 ta dorixonada 1 042 ta holatda 56,4 million so‘m.

O‘zbekistonda 2025-yilda tibbiyot tizimida qariyb 500 ta korrupsion holat fosh qilingan. Ushbu davrda manfaatlar to‘qnashuviga doir 1 280 ta xavf holati aniqlanib, 227 nafar xodim ishdan bo‘shatildi, 485 nafar xodim esa rotatsiya qilindi.

Mamlakatda elektron retsept joriy etilgandan keyin dori vositalari savdosi qanday o‘zgargani maʼlum qilingandi. Bunda dorilar savdosi sezilarli darajada pasaymagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar