Rossiyalik mashhur futbol sharhlovchisi Gennadiy Orlov sobiq ittifoq hududidagi eng yaxshi futbolchilar haqida fikr bildirar ekan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori hamda Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovni alohida ta’kidladi.
“Shomurodovni ham alohida aytib o‘tishim kerak. U ‘Rostov’da o‘ynagan paytda, men uni rossiyalik hujumchilar orasida eng yaxshi futbol intelektiga ega futbolchi deya aytgan edi. Keyinchalik uning ‘Roma’ga yo‘l olgani bu fikrlarimni tasdiqladi”, deydi Orlov Sport24 muxbiri Boris Korolyovga bergan intervyusida.
Shuningdek, u ukrainalik hujumchi Andrey Shevchenkoni sobiq ittifoq tarixidagi eng yaxshi futbolchi deya atadi:
“Andrey — ‘Dinamo Kiyev’ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. ‘Milan’ yetakchisi bo‘lgan, ‘Oltin to‘p’ni qo‘lga kiritgan. Shevchenkoga tenglashadigan futbolchi yo‘q; qolganlar uning darajasiga hozircha chiqqani yo‘q”, deydi Orlov.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov hozirda Turkiyaning “Bashakshehir” klubida ijara asosida to‘p surmoqda. Hujumchi joriy mavsum klub safida istanbulliklar safida jami 20 ta uchrashuvda ishtirok etib, 10 ta gol hamda 2 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portali Shomurodovning qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.








