Daryo

Ronaldu: “Hali ham jamoamga foyda keltiryapman. Nega to‘xtashim kerak?”

40 yoshli hujumchi Saudiya “Al-Hazm”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zining professional faoliyatidagi 950-goliga mualliflik qildi. Mazkur natijadan so‘ng portugaliyalik futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

1 daqiqa o‘qish1 368 ko‘rishlar0 izoh6

“An-Nassr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionati 6-turidan o‘rin olgan “Al-Hazm”ga qarshi uchrashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilib, o‘zining professional faoliyatidagi 950-goliga mualliflik qildi.

Mazkur natijadan so‘ng portugaliyalik futbolchi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

“Odamlar, ayniqsa oilam, menga tez-tez shunday deyishadi: ‘Yetar endi, to‘xtasang ham bo‘ladi. Sen allaqachon hammasiga erishding. Nega mingta gol urmoqchisan?’

Lekin men bunday o‘ylamayman. Hali ham yaxshi o‘yin ko‘rsatayapman, klubimga va terma jamoamga foyda keltiryapman. Nega shu ruhda davom etmasligim kerak?

Qancha vaqt futbol o‘ynashimni bilmayman, ammo qolgan yillarni zavq bilan o‘tkazmoqchiman”, dedi Ronaldu Canal 11 telekanaliga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” hamda “Yuventus” klublari sharafini himoya qilgan. Hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubida to‘p tepmoqda. Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida Ikki karra Millatlar Ligasi hamda 2016-yilgi Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Hujumchi joriy mavsum “An-Nassr” safida 8 ta uchrashuvda maydinga tushib, 7 ta gol hamda 2 golli uzatma muallifiga aylangan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar