Daryo

Ronaldu: “Futbol — mening hayotim”

Portugaliyalik futbolchi Saudiya Proligasi doirasidagi “Al-Feyha”ga qarshi bahsda dubl muallifiga aylandi.

1 daqiqa o‘qish1 430 ko‘rishlar0 izoh3

“An-Nassr” hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Proligasi 7-turidan o‘rin olgan “Al-Feyha”ga qarshi o‘yindan (2:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. 40 yoshli portugaliyalik futbolchi ushbu uchrashuvda dubl muallifi bo‘ldi.

“Bugun men uchun ham, jamoam uchun ham ajoyib kecha bo‘ldi. ‘An-Nassr’ g‘alaba qozondi, men esa ikki gol urdim — bu juda muhim.

Har doim aytaman: sportdagi uzoq umr faqat ishtiyoq orqali erishiladi. Men hali ham shu ishtiyoq bilan yashamoqdaman. Gol ursam ham, urmasam ham — bu mening hayotim. Men so‘nggi 23–24 yil ichida futbol bilan yashayapman, shuning uchun oyoqlarim yugirib tursa, men o‘ynashni davom etaman”, dedi Ronaldu UOL nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy mavsum Saudiya Proligasi doirasidagi 7 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 8 ta gol yozdirib qo‘ygan. Umuman olganda, hujumchi butun karyerasi davomida 952 ta gol muallifiga aylangan. Portugaliyalik futbolchi 1000 ta gol urishni maqsad qilgan.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real Madrid” hamda “Yuventus” klublari sharafini himoya qilgan. Shuningdek, u Portugaliya terma jamoasi safida Ikki karra Millatlar Ligasi hamda 2016-yilgi Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar