Daryo

Ronaldu o‘zining Portugaliya terma jamoasidagi maqomi haqida gapirdi

40 yoshli futbolchi o‘zini asosiy tarkibning “tegib bo‘lmaydigan” o‘yinchisi deb hisoblamasligini aytdi.

1 daqiqa o‘qish408 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi maqomi haqidagi savolga javob berdi. 40 yoshli futbolchi o‘zini asosiy tarkibning “tegib bo‘lmaydigan” o‘yinchisi deb hisoblamasligini aytdi.

“Hech kimning asosiy tarkibda kafolatlangan o‘rni yo‘q. Hamma narsa kim qanday o‘ynayotgani hamda hozirgi sport formasiga qarab belgilanadi. Men asosiy tarkibga tushganimda ishonchni oqlashga harakat qilaman va maydondan tashqarida ham jamoaga yordam beraman. Raqamlarning o‘zi gapiradi. Men juda mamnunman, Roberto Martines bilan ham munosabatlarimiz yaxshi. Shu ruhda davom etmoqchiman. Biz saralash bosqichini muvaffaqiyatli yakunlashimiz kerak”, deydi Ronaldu.

Avvalroq Ronaldu 2026-yil AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati o‘zining faoliyatidagi oxirgi bo‘lishini ma’lum qilgandi. 

Ayni paytda Portugaliya terma jamoasi JCH saralashida ishtirok etmoqda. Ular Irlandiya, Vengriya hamda Armaniston bilan “F” guruhidan joy olgan. Jamoa 4-turdan keyin 3 g‘alaba va 1 durang qayd etgan holda 10 ochko bilan guruhda 1-o‘rinni egallab turibdi. Portugaliya eng yaqin ta’qibchisini 5 ochkoga ortda qoldirmoqda. Ular navbatdagi uchrashuvini 13-noyabrdan 14 noyabrga o‘tar kechasi Irlandiyaga qarshi o‘tkazadi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar