Daryo

Mbappe Ronalduning 2016-yilda qayd etilgan natijasini takrorladi

Fransiyalik hujumchi joriy mavsum Chempionlar Ligasi doirasidagi bahslarda jami 11 ta gol urdi. Bu ko‘rsatkich musobaqaning guruh bosqichlarida qayd etilgan eng yaxshi natija hisoblanadi.

1 daqiqa o‘qish2 971 ko‘rishlar0 izoh1

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Yevropa Chempionlar Ligasi 2025/26-yilgi mavsumi 7-turidan o‘rin olgan “Monako”ga qarshi kechgan uchrashuvda (6:1) dubl qayd etib, tarixiy natijani takrorladi.

Mbappe joriy mavsum Chempionlar Ligasi doirasidagi bahslarda jami 11 ta gol urdi. Opta Sport ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich musobaqaning guruh bosqichlarida qayd etilgan eng yaxshi natija hisoblanadi. Avvalroq bunday natijani faqatgina portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu 2015/16-yilgi mavsumda qayd etgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida jami 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 30 ta gol va 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali Mbappening qiymatini 200 million yevroga baholagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mbappe 2025-yilda eng ko‘p gol urgan futbolchiga aylangani haqida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, fransiyalik hujumchi o‘tgan bir kalendar yili davomida 59 ta gol urib, Krishtianu Ronalduning 2013-yilda qayd etgan natijasini takrorlagan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar