Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasidagi “Manchester Siti”ga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulotni jarohat oldi. Bu haqda jurnalist Mario Kortegana o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, fransiyalik futbolchi YCHL doirasidagi navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligi mumkin. Shuningdek, “Real”ning umumiy mashg‘ulotlarida yarim himoyachi Eduardu Kamavinga ham ishtirok etmadi. Ammo uning nima sababdan qatnashmagani ma’lum emas.
Ma’lumot uchun, “Real” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi uchrashuv 10-oktabr kuni Madriddagi “Santiago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinda fransiyalik Kleman Tyurpen bosh hakam sifatida ishlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Ayni paytda “qirollik klubi” 12 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog‘onasini egallab turibdi. “Manchester Siti” esa 10 ochko to‘plagan holda 9-o‘rindan joy olgan.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar Ligasi finali 2026-yil 30-may kuni Budapeshtdagi “Pushkas Arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.








