Daryo

Mbappe o‘zini Ronaldu bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi

Fransiyalik futbolchi 26-noyabr, chorshanba kuni Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasiga qarshi o‘yinda to‘rtta gol urdi.

1 daqiqa o‘qish1 849 ko‘rishlar0 izoh45

Madridning “Real” hujumchisi Kilian Mbappe o‘zini portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi.

Fransiyalik futbolchi 26-noyabr, chorshanba kuni Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasiga qarshi o‘yinda (4:3) to‘rtta gol urdi. O‘yindan keyin jurnalistlar Mbappe nomini Chempionlar Ligasi va “qirollik klubi” tarixidagi eng yaxshi to‘purar Ronaldu bilan bog‘lashdi.

“Ronaldu? Men ‘Real’da uning darajasiga yetishish uchun hali uzoq yo‘l bosishim kerak”, deydi 26 yoshli hujumchi.

Shuningdek, Mbappe “Real”ning so‘nggi o‘yinlardagi omadsiz natijalari haqida ham fikr bildirdi:

“Biz o‘zimizni, murabbiyimizni va xodimlarimizni himoya qilishimiz kerak. Madridliklar his qilishi lozimki, biz birgamiz va barchamiz bir yo‘nalishda harakat qilyapmiz. Kemada bo‘lgani kabi jamoamiz ham to‘fonlar bilan duch kelishi mumkin, lekin hech kim kemadan sakramaydi. Biz barchamiz birga bo‘lib, yil davomida chempionlikni qo‘lga kiritishga intilamiz”, deydi fransiyalik forvard.

Ma’lumot uchun, Kilian Mbappe ushbu mavsum Chempionlar Ligasi to‘purarlar ro‘yxatida yetakchi bo‘lib turibdi. Fransiyalik hujumchi 5-turdan keyin to‘qqizta gol urgan. “Real Madrid” hozirda YCHL turnir jadvalida 12 ochko bilan 5-pog‘onani band etgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar