Daryo

“Chelsi” Andrey Lunin bo‘yicha “Real”ga taklif yubordi

“Qirollik klubi”ning 26 yoshli darvozaboni London klubiga o‘tishga tayyor.

1 daqiqa o‘qish2 622 ko‘rishlar0 izoh1

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi darvozaboni Andrey Lunin mavsum yakunida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida “Qirollik klubi”ni tark etish bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan. 26 yoshli futbolchiga “Chelsi” rahbariyati qiziqish bildirmoqda va Madrid klubiga dastlabki taklif ham yuborilgan. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi rasmiylari hozirgi darvozabonlarining saviyasiga shubha bilan qaramoqda. Lunin “aristokratlar” safiga o‘tishga rozi bo‘lgan va allaqachon Angliya poytaxtiga ko‘chib o‘tishga e’tiborini qaratgan.

Joriy mavsumda Lunin barcha musobaqalar doirasida 3 ta uchrashuvda ishtirok etib, 8 ta gol o‘tkazib yuborgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.

Ukrainalik posbon “Real” safida UEFA Chempionlar Ligasi (2 marta), La Liga (2 marta), UEFA Superkubogi (2 marta), klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati (1 marta), Ispaniya Kubogi (1 marta) va Ispaniya Superkubogida (2 marta) g‘olib bo‘lgan. Lunin Madrid klubi safidagi faoliyati davomida 65 ta uchrashuvda maydonga tushib, 78 ta gol o‘tkazib yuborgan va 22 ta bahsda darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar