Daryo

U-23 Osiyo Kubogi. Yarim final juftliklari ma’lum bo‘ldi

Chorak final doirasidagi so‘nggi bahsda Janubiy Koreya Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

1 daqiqa o‘qish4 409 ko‘rishlar0 izoh1

Saudiya Arabistoni maydonlarida bo‘lib o‘tayotgan U-23 Osiyo Kubogida chorak final uchrashuvlari yakuniga yetdi. So‘nggi bahsda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasi Avstraliyani 2:1 hisobida mag‘lub etib, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, musobaqaning yarim final bosqichida Vyetnam U-23 terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim final uchrashuvida esa Yaponiya va Janubiy Koreya U-23 terma jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. Mazkur bahslar 20-yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

U-23 Osiyo Kubogi yarim final juftliklari:

  • Vyetnam U-23 — Xitoy U-23
  • Yaponiya U-23 — Janubiy Koreya U-23

Yarim final bosqichida g‘alaba qozongan jamoalar 24-yanvar kuni o‘tkaziladigan final bahsida to‘qnash keladi. Mag‘lub bo‘lgan jamoalar esa 23-yanvar sanasida bronza medali uchun bahs olib boradi.

Ma’lumot uchun, 2028-yilgi Los-Anjeles Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik doirasida ushbu turnirda O‘zbekiston U-21 terma jamoasi ham ishtirok etdi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoa chorak finalda Xitoyga qarshi maydonga tushdi. O‘zbekiston asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda durang qayd etganiga qaramay (0:0), penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar