Daryo

U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Xitoyga mag‘lub bo‘lib, musobaqani tark etdi

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmadi. Penaltilar seriyasida esa Xitoy 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.

1 daqiqa o‘qish5 338 ko‘rishlar0 izoh1

Saudiya Arabistonida maydonlarida bo‘layotgan 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston va Xitoy terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. 17-yanvar, shanba kuni Jiddadagi “Prince Abdullah Al Faisal Sports City” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yinda Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi penaltilar seriyasida 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqa bilan xayrlashdi. 

Uchrashuv dastlabki daqiqalardan keskin kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa vaqt-vaqti bilan raqib darvozasi qarshisida xavfli hujum uyushtirdi. Ammo birinchi bo‘limda hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limning dastlabki 10 daqiqasi Xitoyning ustunligida kechdi. Biroq keyinchalik O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Saidumarxon Saidnurillayev, Sardorbek Bahromov, Amirbek Saidov kabi futbolchilar yo‘llagan zarba Xitoy darvozaboni tomonidan qaytarildi.

O‘yinning asosiy vaqti 0:0 hisobida yakunlandi va hakam qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qildi. Ekstra taymlar ham O‘zbekiston ustunligida o‘tdi, ammo Xitoy darvozaboni ajoyib seyvlari evaziga darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Penaltilar seriyasida esa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 2:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Shu tariqa, Xitoy U-23 jamoasi yarim finalda Vyetnamga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 20-yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. G‘olib jamoa 24-yanvar kuni Jidda shahrida o‘tkaziladigan finalga yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi.

U-23 Osiyo Kubogi — 2026
Chorak final

O‘zbekiston U-23 — Xitoy U-23 0:0 (penaltilar seriyasi 2:4)

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar