Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 13-yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 32,37 so‘mga pastlab, 12 099,18 so‘m bo‘ldi;
- yevro 9,50 so‘mga ko‘tarilib, 14 134,26 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,28 so‘mga oshib, 153,82 so‘mni tashkil etdi.
2025-yilni pasayish bilan yakunlagan dollar kursi 2026-yil 6-yanvarda yana 52,17 so‘mga pastlagandi. Shundan so‘ng ketma-ket to‘rt kun ko‘tarilib, 12 131,02 so‘m bo‘lgandi.








