Daryo

Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi

Italiyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Gvido De Sanktis tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlarini topshirdi. Uchrashuvda savdo, investitsiya va iqtisodiy yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

1 daqiqa o‘qish3 956 ko‘rishlar0 izoh1

Italiyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Gvido De Sanktis tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Vazirning yozishicha, qabul marosimi doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston va Italiya o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar savdo, sarmoya va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi. Uchrashuv yakunida elchiga mamlakatdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilandi.

“Toshkentdagi missiyamni, shuningdek, Tojikistonda akkreditatsiyadan o‘tgan holda faoliyatimni boshlash men uchun katta sharafdir. Siyosiy muloqotni, iqtisodiy, ilmiy va madaniy hamkorlikni, institutlar o‘rtasidagi almashinuvlarni hamda biznes va fuqarolar uchun imkoniyatlarni mustahkamlash yo‘lida ishlayman. Bularning barchasi Markaziy Osiyoda ‘Italiya +5’ tashabbusi doirasida amalga oshiriladi”, deb ta’kidladi yangi elchi.

Siyosatchi Pergabriyele Papadia de Bottini 2024-yil dekabrda Italiyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan. U o‘z faoliyati davomida o‘zbekistonlik muhojirlarning Italiyadagi faoliyatiga katta e’tibor qaratgan. “Migratsiya — muhim yo‘nalish, O‘zbekiston boy tajribasi bilan MOdagi hamkorlar uchun namuna bo‘la oladi”, degan de Bottini.

Navoiydanman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Internet jurnalistika yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2026-yildan buyon Mahalliy xabarlar boʻlimida muharrir sifatida faoliyat yuritib, yangiliklar va jamlanmalar yozaman. Zemekisning “Forrest Gamp” filmini 20 martadan koʻproq tomosha qilganman. Kafkaning “Qalʼa” romanini qayta-qayta oʻqiyman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar