Daryo

“Al-Hilol” Bruno Fernandesh uchun “Manchester Yunayted”ga 115 mln yevro taklif qilmoqchi

Ehtimoliy transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin.

1 daqiqa o‘qish2 807 ko‘rishlar0 izoh0

Saudiya Arabistonining “Al Hilol” klubi “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Bruno Fernandeshni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda X (sobiq Twitter) tarmog‘idagi Indykaila News nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, saudiyaliklar portugaliyalik futbolchi transferi uchun mankunianlarga 100 million funt sterling (115 million yevro) taklif qilishga tayyor. Agar kelishuv amalga oshsa, Fernandeshning maoshi haftasiga 600 ming funt (yiliga 28,8 million funt)ni tashkil etadi. Ehtimoliy transfer yanvar oyida amalga oshishi mumkin. 

Riyod klubi yozgi transfer oynasi vaqtida ham portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirgandi. Ammo Fernandesh “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan gaplashib, klubda qolmoqchi ekanligini ma’lum qilgan. Shu bois transfer amalga oshmagan. Ammo hozirgi paytda vaziyat o‘zgargan. Chunki yaqinda klub portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorimni ishdan bo‘shatdi. Mazkur holat Brunoning ham kelajagiga ta’sir qilshi mumkin.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum Bruno Fernandesh “Manchester Yunayted” safida jami 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, beshta gol va sakkizta golli uzatma muallifiga aylangan. Futbolchining “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar