Daryo

Samarqandda ruxsatsiz daraxtlar kesgan fuqaro 25 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi

Qonunbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

1 daqiqa o‘qish4 444 ko‘rishlar0 izoh0

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrining “Vatanparvar” mahallasida 15 ta ko‘p yillik daraxt kesilayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Samarqand shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tezkor tartibda o‘rganish ishlarini olib bordi.

Aniqlanishicha, mazkur hududdagi “F.Qosimova” MFYda yashovchi fuqaro A.I. tabiiy holda o‘sgan 7 tup mevali va manzarali daraxtlar hamda 10 tup butasimon daraxtlarni hech bir ruxsatsiz noqonuniy tarzda kesib tashlagani aniqlandi.

Shu bois qonunbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 25 barobari, ya’ni 10 million 300 ming so‘m jarima va tabiatga yetkazgan zarari uchun 15 million 450 ming so‘m belgilandi.

Bundan avval Toshkent viloyatining Piskent tumanida “Toshkent dengizi”ga yaqin hududda 24 tup tol noqonuniy ravishda kesib tashlangani aniqlangandi. Mazkur holat boʻyicha fermer xoʻjaligi rahbaridan tushuntirish xati olinib, dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Tabiatga 218 million 566 ming so‘m zarar yetkazilgani hisob-kitob qilingan. Holatga huquqiy baho berish uchun to‘plangan hujjatlar Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.

Noyabr oyida Toshkentning Bektemir tumanida qurilish sababli 10 tup manzarali daraxt noqonuniy qo‘porib tashlangan, 9 tup daraxt shikastlantirilgan, 47 tup daraxt ruxsatnomasiz ko‘chirilgandi. Shuningdek, “Gubkin” universiteti qoshidagi akademik litsey tomonidan ekilgan jami 210 tup mevali va manzarali ko‘chatlar ham yo‘q qilingandi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 249 million 672 ming so‘mni tashkil etgan.

Oktyabrda Toshkentning Yakkasaroy tumanida 174 tup daraxt va buta moratoriy talablariga zid ravishda kesib tashlangandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar