Daryo

Surxondaryoda tanishini haqoratlab, mushtlashgan ayol sud qilindi

Voqea shu bilan yakunlanmagan. Xuddi shu kuni Denov tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limining ma’muriy binosida ham u tomonidan bezorilik holati qayd etilgan. Ayol tibbiy ko‘rik uchun navbatda turgan, o‘ziga tanish bo‘lgan shaxs bilan yana janjallashgan.

1 daqiqa o‘qish5 826 ko‘rishlar0 izoh1

Surxondaryo viloyati Denov tumanida tanishini haqoratlab, mushtlashgan ayol sud qilindi. Bu haqda “Ovoza” ko‘rsatuvida xabar berildi.

31 yoshli ayol avval ham bir necha bor sudlangan bo‘lishiga qaramay, bu safar ham tanishi bilan yuzaga kelgan shaxsiy kelishmovchilikni mushtlashuv bilan yakunlagan. Mojaro davomida u haqoratli so‘zlar ishlatib, jabrlanuvchiga bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan.

Voqea shu bilan yakunlanmagan. Xuddi shu kuni Denov tumani shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limining ma’muriy binosida ham bezorilik holati qayd etilgan. Ayol tibbiy ko‘rik uchun navbatda turgan, o‘ziga tanish bo‘lgan shaxs bilan yana janjallashgan. Mojaro vaqtida jabrlanuvchining bilagida taqilgan, qiymati 24 million so‘m deb baholangan ayollar tilla qo‘l zanjiri ochiqdan-ochiq talon-toroj qilinib, gumonlanuvchi voqea joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan ayol qamoqqa olingan. Sud majlisida ayblanuvchining qilgan ishidan pushaymonligi, shuningdek, yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangani inobatga olingan.

Mazkur ish sudlanuvchi va uning himoyachisi tomonidan berilgan kassatsiya tartibidagi shikoyat asosida Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya instansiyasida ko‘rib chiqildi. Sudlanuvchiga ikki yil sakkiz oy olti kun ozodlikdan cheklash jazosi qoldirildi.

Ajrimga asosan, sudlanuvchiga nisbatan qo‘llanilgan qamoqqa olish ehtiyot chorasi bekor qilinib, u sud zalidan ozod etildi.

Bundan avval Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida eriga hayot uchun xavfli ogʻir tan jarohati yetkazgan ayolga sud hukmi oʻqilgan edi. Sud ayolni Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi (oilaviy, maishiy zo‘ravonlik) yettinchi qismi bilan aybdor deb topib, ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlagan. Biroq er-xotib yarashib olgani, daʼvosi yoʻqligi sababli tayinlangan jazoni shartli hisoblanib, sud bir yarim yil muddatga sinov muddati belgilagan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar