Daryo

Farg‘onada Telegram orqali qo‘shni ayolga shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Sudda ayol yigit tomonidan yuborilgan xabarlar ruhiy jihatdan bezovta qilganini bildirgan.

1 daqiqa o‘qish15 267 ko‘rishlar0 izoh10

Farg‘ona viloyati, So‘x tumanida Telegram orqali qo‘shni ayolga shilqimlik qilgan 19 yoshli yigit 5 sutkaga qamaldi. “Daryo” sud hujjatlari bilan tanishdi.

Aniqlanishicha, 2006-yilda tug‘ilgan X.D. 2025-yilning 26-dekabr kuni Telegram messenjeri orqali A.X.ga “eringiz Rossiyada ekan, o‘zingiz qo‘rqmaysizmi ...” kabi shahvoniy harakatlarni bildiruvchi so‘zlar yozib, shilqimlik qilgan.

Sudda ayol yuborilgan xabarlar uni ruhiy jihatdan bezovta qilganini, shu sababli ichki ishlar organlariga murojaat qilib, yozishmalarning skrinshotlarini taqdim etganini aytib, qonuniy jazo berilishini so‘ragan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi qarori bilan X.D.ni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topgan hamda unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlagan.

Avvalroq Qashqadaryo viloyati, Muborak tumanida bir yildan buyon qo‘shni ayolga shilqimlik qilib kelgan erkak besh sutkaga qamalgani xabar qilingandi. Namanganda esa yo‘lda ketayotgan ayolga shilqimlik qilgan 68 yoshli erkak qamalgandi. Toshkentda supermarket xodimiga shilqimlik qilgan erkakka 10 sutka berilgandi. Toshkent shahrida taksi haydovchisi voyaga yetmagan yo‘lovchiga, Farg‘onada esa 10-sinf o‘quvchisiga shilqimlik qilgan erkaklar 5 sutkaga qamalgani xabar qilingandi. Bundan tashqari, poytaxtda avtobusda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 5 sutkaga qamalgandi. Qashqadaryoda 31 yoshli erkakka yangasiga shilqimlik qilgani uchun 4 sutka berilgandi.

Andijondanman. Oʻzbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Xalqaro Nordik universitetini (magistr) tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri muxbir boʻlib ishlayman va maxsus materiallar, tenderlar, sud hukmlari, tarjimalar bilan shugʻullanaman. 2025-yilda “Oltin qalam” milliy mukofotini olganman. Tarixiy film va seriallarni koʻrishni xush koʻraman. Eng sevimli asarim Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” kitobidir.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar