Daryo

Toshkent viloyatida Lada ag‘darilib, Lacetti bilan to‘qnashib ketdi

Haydovchi avtomobilni boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan.

1 daqiqa o‘qish3 165 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida Lada ag‘darilib, Lacetti bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi. 

3-yanvar kuni soat, taxminan, 21:00 da Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani hududidan o‘tuvchi D–007 avtomobil yo‘lining (Niyozbosh aholi yashash manzili yaqinida) 1-kilometrida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1991-yilda tug‘ilgan haydovchi Lada 2107 rusumli avtomobilni boshqarib ketayotib rul boshqaruvini yo‘qotgan va transport vositasi ag‘darilib ketgan. Oqibatda avtomobil qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, Lacetti bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lada 2107 avtomobili haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekani ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l tumani IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

5-yanvar kuni soat 07:40 larda Tomdi tumani “Tomdibuloq” OFY hududidan o‘tgan A-379 Navoiy—Uchquduq xalqaro ahamiyatga molik avtomobil yo‘lining 167-168-kilometrlari oralig‘ida ichida 47 yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgani haqida xabar berilgandi. Hodisa oqibatida yo‘lovchi sifatida ketayotgan ikki fuqaro olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olgan 9 nafar fuqaro tibbiyot muassasalariga yotqizilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar