Daryo

O‘zbekistonlik ayollar asosan necha yoshda ona bo‘lmoqda?

Milliy statistika qo‘mitasi ota-onalarning yoshi bo‘yicha tug‘ilishlarni tahlil qilib, natijalarni e’lon qildi.

1 daqiqa o‘qish52 636 ko‘rishlar0 izoh43

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda jami 664,6 mingta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan. Tug‘ilishlar ota-onalarning yosh guruhlari kesimida tahlil qilinganda quyidagi ko‘rsatkichlar shakllangan.

Otalar yoshi bo‘yicha:

  • 25 yoshgacha — 74 946 nafar (11,3 foiz);
  • 25–39 yosh — 542 512 nafar (81,6 foiz);
  • 40 yosh va undan kattalar — 47 140 nafar (7,1 foiz).

Onalar yoshi bo‘yicha:

  • 25 yoshgacha — 269 823 nafar (40,6 foiz);
  • 25–39 yosh — 385 424 nafar (58 foiz);
  • 40 yosh va undan kattalar — 9 351 nafar (1,4 foiz).

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda tug‘ilishlarning asosiy qismi 25–39 yosh oralig‘idagi ayollar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Tug‘ilishlar tarkibi quyidagicha:

  • 1 nafar bola tug‘ilishi — 649 041 ta holat
  • Egizaklar (2 nafar) — 15 136 ta holat
  • 3 nafar va undan ortiq — 421 ta holat

Hududlar kesimida eng ko‘p chaqaloq Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, ushbu davrda 80 903 ta tug‘ilish ro‘yxatga olingan. Keyingi o‘rinlarda Qashqadaryo viloyati (75 116 ta) va Farg‘ona viloyati (74 614 ta) qayd etilgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida 61 128 ta, Andijon viloyatida 60 131 ta, Namangan viloyatida esa 57 881 ta tug‘ilish holati kuzatilgan.

Toshkent viloyatida 49 007 ta, Toshkent shahrida 47 703 ta chaqaloq dunyoga kelgan. Xorazm viloyatida 33 011 ta, Buxoro viloyatida 32 624 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 29 523 ta, Jizzax viloyatida 28 484 ta tug‘ilish qayd etilgan.

Eng kam tug‘ilishlar Navoiy viloyatida (18 594 ta) va Sirdaryo viloyatida (15 879 ta) kuzatilgan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar