Daryo

Metroda tugʻilgan chaqaloq va onasiga butun umrlik tekin chipta beriladi

Ularga berish rejalashtirilgan maxsus karta orqali Toshkent metropolitenidan umrbod bepul foydalanish mumkin.

1 daqiqa o‘qish2 236 ko‘rishlar0 izoh11

Toshkent metropolitenida tugʻilgan chaqaloq va uning onasiga metrodan butun umr tekin foydalanish imkoni berildi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.

Chaqaloq kuni kecha, 6-oktyabr kuni “Gʻafur Gʻulom” bekatida dunyoga kelgan. Shu munosabat bilan metropoliten rahbariyati tugʻilgan farzand va uning onasiga umrbod metrodan bepul foydalanish huquqini beruvchi maxsus kartani taqdim etishga qaror qildi.

Shuningdek, onaga farzandini dunyoga keltirishda yaqindan yordam bergan xodima Naima Maxamadjonova hamda jarayonda ishtirok etgan bir qator metro xizmatchilari ragʻbatlantiriladigan boʻldi.

Avvalroq Toshkent viloyati Yangiyoʻl shahar tumanlararo perinatal markazida vazni 7 kilogramm 3 gramm boʻlgan qiz bola chaqaloq dunyoga kelgandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar