Daryo

Tayvanda 7 balli zilzila kuzatildi (video)

Yer silkinishi Yilan shahrida 73 kilometr chuqurlikda qayd etildi.

1 daqiqa o‘qish8 472 ko‘rishlar0 izoh2

Tayvanning shimoli-sharqidagi Yilan shahrida 27-dekabr kuni kechki payt 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Taiwan News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila tungi soat 23:05 da qariyb 73 kilometr chuqurlikda yuz bergan. Yer silkinishi poytaxt Taypeydagi binolarni sezilarli darajada tebratgan. Milliy o‘t o‘chirish xizmati xabariga ko‘ra, hozirda yetkazilgan zarar miqdorini baholash ishlari olib borilmoqda.

Tayvan ikkita tektonik plitaning tutashgan joyida joylashgan bo‘lib, zilzilalarga moyil hudud hisoblanadi. So‘nggi kuchli zilzila 2024-yil aprel oyida yuz berib, yer silkinishi kuchi 7,5 va 6,6 magnitudali deb baholangan. 2016-yilda ham halokatli zilzila qayd etilib, unda 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan bo‘lgan. 1999-yilda sodir bo‘lgan 7,3 magnitudali zilzila esa 2000 dan ortiq kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar