Daryo

Messi yoki Ronaldu? Marselo qaysi futbolchiga qarshi o‘yinda qiyinchilikka uchraganini aytdi

Marselo 2025-yilning fevral oyida professional faoliyatini yakunlagan.

1 daqiqa o‘qish8 866 ko‘rishlar0 izoh13

Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Marselo faoliyati davomida qaysi futbolchiga qarshi o‘ynash eng qiyini bo‘lganligini aytdi.

Unga ko‘ra, Marselo uchun “qirollik klubi”dagi sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronalduga qarshi o‘yin doimo qiyin bo‘lgan:

“Messi har doim men uchun muammo tug‘dirgan. Xesus Navas haqida ham shunday deyishim mumkin. Shuningdek, Xabi Prietoga qarshi himoyalanish ham oson emas edi. Pedro ham juda kuchli futbolchi edi. Ammo men baribir Krishtianu Ronalduni tanlayman.

Messi — aql bovar qilmas darajadagi futbolchi. Ikkalasining ham o‘yinidan zavq olganmiz, lekin men doim Ronalduni afzal ko‘rganman. Chunki men Krishtianuning ashaddiy muxlisiman”, deydi braziliyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Marselo 2009–2018-yillar davomida “Real” safida Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p surgan. Hozirda portugaliyalik hujumchi Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubida o‘ynamoqda.

Marselo esa 2025-yilning fevral oyida professional faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Himoyachi faoliyati davomida “Fluminense”, “Real Madrdi” hamda “Olimpiakos” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar