Daryo

Zlatan Ibragimovich jurnalistning Messi hamda Ronaldu haqidagi fikriga keskin javob qaytardi

Jurnalist Pirs Morgan intervyularning birida “Ronaldu ‘Real’ni tortib yurgan. Messi bunday qila olmaydi”, deya fikr bildirgandi.

1 daqiqa o‘qish6 697 ko‘rishlar0 izoh2

Sobiq hujumchi Zlatan Ibragimovich Pirs Morganning Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu haqidagi gaplariga keskin javob qaytardi.

Morgan intervyularning birida “Ronaldu ‘Real’ni tortib yurgan. Messi bunday qila olmaydi”, deya fikr bildirgandi. Ibragimovich esa javoban shunday dedi:

“Messi ketgach, ‘Barselona’ ikki marta Yevropa Ligasida o‘ynadi. Ronaldu ketgach, ‘Real’ bir necha marta La Liga va Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘ldi. Shunday ekan, kim kimni tortib yurganini ayt”, deya keskin fikr bildirdi Ibragimovich.

Ma’lumot uchun, Ibragimovich 2009–2010-yillar oralig‘ida “Barselona” safida Messi bilan to‘p tepgan. Shvetsiyalik hujumchi kataloniyaliklar safida 46 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol hamda 13 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Krishtianu Ronaldu 2009-yildan 2018-yilga qadar “Real” sharafini himoya qilgan. Portugaliyalik hujumchi bu vaqt davomida 4 karra Chempionlar Ligasi, 3 karra Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati, 2 karra La Liga, 3 karra UEFA Superkubogi hamda boshqa sovrinlarni qo‘lga kiritgan. Lionel Messi esa 2003-yildan 2021-yilga qadar “Barselona” safida to‘p tepgan. U Kataloniya klubi bilan 34 ta sovrin qo‘lga kiritgan, jumladan, 10 marta La Liga chempioni va 4 marta Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar