Daryo

“Ronalduning har bir raqib uchun o‘z rejasi bor edi” — Marselo

Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Marselo Krishtianu Ronalduning hamma ham e’tibor beravermaydigan xislatlari haqida so‘zlab berdi.

1 daqiqa o‘qish6 448 ko‘rishlar0 izoh5

Madridning “Real” klubi sobiq himoyachisi Marselo Krishtianu Ronalduning hamma ham e’tibor beravermaydigan xislatlari haqida so‘zlab berdi.

Braziliyalik futbolchining aytishicha, portugaliyalik yulduz nafaqat o‘zining sermahsulligi va professionalligi, balki maydonni ko‘ra olish qobiliyati bilan ham boshqalardan ajralib turgan.

“Uning qanchalik buyuk o‘yinchi ekani haqida kun bo‘yi gapirishim mumkin, buni hamma ko‘rib turibdi. Biroq muxlislar ko‘zidan yashirin bo‘lgan jihat — Krishtianuning aqli va yetakchilik qobiliyatidir.

Ba’zan o‘yinlardan oldin u yonimga kelib: ‘Marselo, o‘yin boshida ko‘p oldinga o‘tma, biroz orqaroqda turgin — raqib masalasini o‘zimiz hal qilamiz’, derdi. Keyin Karvaxalning yoniga borib, unga ham ko‘rsatmalar berardi”, deydi Marselo.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu 2009–2018-yillar davomida “qirollik klubi” sharafini himoya qilgan. U madridliklar safida klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylanish bilan birga, to‘rt bor Chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan. Futbolchi hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi sharafini himoya qiladi. Uning riyodliklar bilan shartnomasi 2027-yilga qadar amal qiladi. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar