Daryo

21-asrning eng zo‘r hujum triosi aniqlandi

Ronaldu ikkita jamoa tarkibida reytingdan joy oldi

1 daqiqa o‘qish21 958 ko‘rishlar0 izoh0

Goal portali Yevropa klublari safida 21-asrning eng kuchli hujumchi triolari reytingini e’lon qildi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni “Barselona”ning sobiq hujumchilari — Lionel Messi, Luis Suares va Neymar egalladi. Bu haqida Championat nashri xabar bermoqda. 

Foto: CNN

Ushbu futbolchilar 2014–2017-yillar oralig‘ida bir jamoada o‘ynab, “Barselona”ga ko‘plab sovrinlar olib kelgan. Hozirda Messi va Suares MLSning “Inter Mayami” klubida birga to‘p surmoqda. Neymar esa “Santos”ga qaytgan. 2-o‘rinni “Real”ning sobiq a’zolari — Ronaldu, Benzema va Beyl uchligi egallagan bo‘lsa, “Barselona”ning Tyerri Anri, Samuel Eto’O va Lionel Messidan tashkil topgan triosi kuchli uchlikka yakun yasagan.

Eng kuchli 10 hujumchi triosi:

  1. Lionel Messi, Luis Suares va Neymar – “Barselona”
  2. Karim Benzema, Garet Beyl va Krishtianu Ronaldu – “Real Madrid”
  3. Tyerri Anri, Samuel Eto’O va Lionel Messi – “Barselona”
  4. Krishtianu Ronaldu, Karlos Tevez va Ueyn Runi – “Manchester Yunayted”
  5. Muhammad Saloh, Roberto Firmino va Sadio Mane – “Liverpul”
  6. Rober Pires, Dennis Bergkamp va Tyerri Anri – “Arsenal”
  7. Kilian Mbappe, Edison Kavani va Neymar – “PSJ”
  8. Pedro Rodriges, Eden Azar va Diego Kosta – “Chelsi”
  9. Mario Gyotse, Robert Levandovski va Marko Roys – “Borussiya Dortmund”
  10. Halk, Radamel Falkao va Silveshtr Varela – “Portu”

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar