Daryo

AQSHning Kaliforniya shtatida kuchli yomg‘ir va toshqin kuzatildi. Qurbonlar bor (video)

Shtatda favqulodda holat e’lon qilindi. Rojdestvo kuni 100 ming kishi elektr ta’minotisiz qoldi.

1 daqiqa o‘qish3 415 ko‘rishlar0 izoh1

AQSHning Kaliforniya shtatiga yopirilgan kuchli yomg‘ir va bo‘ron suv toshqini hamda ko‘chkini keltirib chiqardi. Rojdestvo oqshomi, 25-dekabrga kelib, tabiiy ofat qurbonlari soni uch kishiga yetdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Shtatning Los-Anjeles okrugidagi ayrim hududlarida 26-dekabr kuni 27 santimetrgacha yog‘ingarchilik kuzatildi. Bu esa aholini evakuatsiya qilishga va yirik avtomobil yo‘llarining yopilishiga sabab bo‘ldi. 25-dekabr kuni oqshomidagi ma’lumotlarga ko‘ra, shtat bo‘ylab qariyb 100 ming kishi elektr ta’minotisiz qolgan.

Qutqaruvchilar suv sathi ko‘tarilishi oqibatida avtomobillarda qolib ketgan o‘nlab odamlarni qutqarish bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazmoqda. AQSH Ob-havo bashorat qilish markazi ko‘plab hududlarda kuchli suv toshqini ehtimoli borligidan, soylar toshib, yirik daryolardagi suv sathiga ta’sir qilishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Hozircha ofat oqibatida uch kishining o‘limi tasdiqlangan:

  • San-Diyego  okrugida 24-dekabr kuni daraxt qulashi oqibatida 64 yoshli erkak halok bo‘lgan;
  • Redding shahrida 74 yoshli erkak avtomobil ichida suv toshqini qurboni bo‘lgan. Politsiya uni qutqarishga uringan bo‘lsa-da, bunga ulgurmagan;
  • Mendosino okrugidagi MakKerrixer bog‘ida 70 yoshli ayolni ulkan to‘lqin qoyadan okeanga oqizib ketgan va u vafot etgan.
San-Fransisko ko‘rfazi hududida shamol tezligi soatiga 161 kilometrga yetgan. San-Bernardino okrugida aholini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirishlar berilgan. Los-Anjeles yaqinidagi Altadena shahrida kuchli loy ko‘chkisi yuz bergan. Bunga yanvar oyidagi yong‘inlar oqibatida o‘simlik qoplamining yo‘q bo‘lib ketgani va tuproq suvni shima olmagani sabab bo‘lgan.

Kaliforniya gubernatori Gavin Nyusom 24-dekabr kuni Los-Anjeles va janubiy Kaliforniyaning boshqa okruglarida favqulodda holat e’lon qilgan. Los-Anjeles meri Karen Bass ham favqulodda holat e’lon qilib, bayram sayohatlari avjiga chiqqan bir vaqtda aholini ehtiyotkor bo‘lishga chaqirmoqda.

“Barcha Los-Anjeles aholisidan xavfsizlik choralariga rioya qilishni va yo‘lga chiqish o‘ta zarur bo‘lsa, nihoyatda ehtiyot bo‘lishni so‘rayman. Iltimos, bu bo‘ronga bepisand qaramang”, dedi mer o‘z bayonotida.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar