Daryo

Marokashda suv toshqinida 37 kishi halok bo’ldi (video)

Tabiiy ofat ayniqsa, Safi shahriga katta talafot yetkazdi. Maktablar 3 kunga yopildi.

1 daqiqa o‘qish4 842 ko‘rishlar0 izoh1

Marokashda kuzatilayotgan kuchli yomg‘ir va u sabab bo‘lgan toshqin oqibatida halok bo‘lganlar soni 37 kishiga yetdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Odatda qurg‘oqchilikdan aziyat chekadigan Marokashda kuchli yomg‘ir oqibatida Safi shahriga katta talafot yetdi. Bu holat so‘nggi o‘n yil ichida yuz bergan bunday turdagi eng halokatli ofat ekani aytilmoqda. Poytaxt Rabotdan taxminan 300 kilometr janubda joylashgan Safi ko‘chalarida loyqa suv mashinalar va chiqindi qutilarini oqizib ketmoqda.

Mahalliy rasmiylarning 15-dekabr kungi ma’lumotlariga ko‘ra, shahardagi Muhammad V shifoxonasida o‘n to‘rt nafar jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, ulardan ikkitasi reanimatsiyada. Maktablar kamida uch kunga yopilgan, ko‘chalar loy va qoldiqlar bilan to‘lib qolgan.

“Men barcha kiyimlarimni yo‘qotdim. Qo‘shnim menga o‘ranish uchun bir qancha kiyim berdi. Hech narsam qolmadi. Hamma narsamdan ayrildim”, dedi jabrlanuvchilardan biri.

Tarixiy shahar markazidagi kamida 70 ta uy va korxona suv ostida qoldi. 55 yoshli do‘kon egasi Abdelkader Mezraoui chakana savdo iqtisodiyoti vayron bo‘lganini aytmoqda.

“Zargarlik do‘konlari egalari barcha mollaridan ayrildi. Kiyim-kechak do‘konlari egalarida ham xuddi shunday holat”, deya u korxonalarni qutqarish uchun rasmiy kompensatsiya berishga chaqirdi.

Marokash ketma-ket yettinchi yil qattiq qurg‘oqchilik bilan kurashmoqda. Mamlakatda 2024-yili shu paytgacha qayd etilgan eng issiq yil bo‘lgan. Iqlim o‘zgarishi Shimoliy Afrika davlatida bo‘ronlarni kuchaytirib yuborgan, chunki iliq atmosfera ko‘proq namlikni ushlab turadi va iliq dengizlar ob-havodan keskin o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Marokashda 1995-yilda ham toshqin sodir bo‘lib, yuzlab odamlarni, 2002-yilda esa o‘nlab odamlarni hayotdan olib ketgan.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar