Daryo

Pokistonda toshqinlar bir haftada 30 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

2300 dan ortiq qishloq suv ostida qoldi, yarim millionga yaqin aholi evakuatsiya qilindi

1 daqiqa o‘qish963 ko‘rishlar0 izoh0

Pokistonning Panjob provinsiyasida so‘nggi haftada kuchli musson yomg‘irlari va Hindiston tomonidan daryolarga qo‘shimcha suv chiqarilishi oqibatida yuzaga kelgan toshqinlarda 30 kishi halok bo‘ldi, 1,5 milliondan ortiq odamga talafot yetdi. Bu haqda Arab News xabar berdi.

Chenab, Ravi va Sutlej daryolari toshib, 2300 dan ortiq qishloq suv ostida qolgan. 481 ming aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan. Provinsiyada yuzlab yordam va tibbiy lagerlar tashkil etilgan, 400 mingdan ortiq chorva yuqoriroq hududlarga olib chiqilgan.

Toshqin xavfi endi janubga — Guddu va Sukkurdagi Indus daryosi havzalariga siljishi mumkin. 4–5-sentyabr kunlari bu hududlarda juda kuchli toshqin bo‘lishi kutilmoqda. Pokiston bir necha bor Hindistonni musson mavsumida daryolarning quyi oqimiga ortiqcha suv oqizishda ayblagan. Ayni paytda, Hindistonning Bhakra to‘g‘oni hozirda 84 foizga, Pong 94 foizga va Thein 92 foizga to‘lgan, bu esa transchegaraviy suv toshqinlari xavfini oshirmoqda.

Musson yomg‘irlari 2-sentyabrgacha davom etishi kutilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda 26-iyundan beri 830 dan ortiq odam tabiiy ofatdan halok bo‘lgan.

Tashqi havola

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar