Daryo

Xorazmda 30 ming dollar pora olgan IIB xodimi ushlandi

U fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan pul olgani uchun qamoqqa olindi. Farg‘ona viloyatida ham ikki kishi shunday jinoyat ustida qo‘lga tushdi.

1 daqiqa o‘qish13 432 ko‘rishlar0 izoh5

Xorazm viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmatining katta tezkor vakili qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

U Xiva shahri hududidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ekish uchun ajratilgan 12 sotix yer maydonida uy-joy qurish uchun hokimiyat idoralarida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali ruxsat olib berish evaziga fuqarodan 30 ming dollar olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va Ichki ishlar vazirligining Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Farg‘ona viloyatida kuzatilgan holatda Buvayda tumanida yashovchi, 1998-yilda tug‘ilgan shaxs 2006-yilda tug‘ilgan tanishi bilan til biriktirib, o‘zi va 14 nafar yoshlarga dehqonchilik qilish uchun davlat tomonidan imtiyozli shartlar asosida ajratilgan jami 3 gektar yer maydonini tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 115 million so‘m talab qilib, 9500 dollar va 700 ming so‘m olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.

Foto: Tezkor tasvirdan kadrlar

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bundan bir kun avval Nukusda ikki fuqaroga jami 1,5 milliard so‘m imtiyozli kredit ajratib berishini aytib, firibgarlik qilgan soxta bank xodimi ushlangandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar