Daryo

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 24-dekabr kuni telefon orqali muloqot qildi.

1 daqiqa o‘qish3 926 ko‘rishlar0 izoh0

Shavkat Mirziyoyev 24-dekabr kuni Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisining mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, uni birlashtirish, barqaror taraqqiyotini taʼminlash va xalqaro nufuzini oshirishdagi tarixiy rolini alohida qayd etdi.

Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston—Ozarbayjon doʻstlik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada kengaytirish hamda mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Joriy Iqtisodiy kooperatsiya yilida birgalikda amalga oshirilgan ishlar unumli boʻlgani qayd etildi.

Oʻzbekiston va Ozarbayjon rahbarlari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdi, kelgusidagi tadbirlar rejasini koʻrib chiqdi.

Ozarbayjon prezidenti  Ilhom Aliyev 1961-yil 24-dekabrda tug‘ilgan. U 2025-yilda 64 yoshni qarshi oldi. 

Bundan bir kun avval Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning telefon orqali muloqoti boʻlib oʻtgandi. Davlat rahbari suhbat avvalida AQSH prezidentini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklab, doʻst Amerika xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladi. Donald Tramp, oʻz navbatida, Oʻzbekiston yetakchisi va xalqiga oʻzining hamda AQSH xalqining samimiy salomi hamda tabriklarini yoʻllab, yangi yilda baxt-saodat, muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tiladi.

AQSH prezidenti Shavkat Mirziyoyevni G20 sammitiga taklif qildi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar