Daryo

O‘zbekiston JSTga a’zolik bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralarni yakunladi

Prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov va Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov tegishli bayonnomani imzoladi.

1 daqiqa o‘qish9 496 ko‘rishlar0 izoh13

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi jarayonida Rossiya bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari bo‘yicha vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.

Uning bildirishicha, 21-dekabr kuni Shavkat Mirziyoyevning Sankt Peterburg shahriga amaliy tashrifi doirasida, Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Reshetnikov bilan birga O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida bozorga kirish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlovchi bayonnoma imzolandi.

“Ba’zi ishlar hali bajarilishi kerak bo‘lsa-da, biz endi ko‘p tomonlama muzokaralar, zarur qonunchilik o‘zgarishlarini amalga oshirish va kelgusi yilda a’zolik jarayonini muvaffaqiyatli yakunlashga butun e’tiborimizni qaratamiz”, deb yozdi u u LinkedIn’da.

Foto: LinkedIn / Azizbek Urunov

Azizbek Urunov 2025-yilning noyabrida JSTga a’zolik bo‘yicha Rossiya bilan muzokaralar deyarli yakunlanganini, barcha muhim elementlar muvofiqlashtirilib yakuniy tekshiruv va tasdiqlashni talab qiladigan bir nechta texnik jihatlar qolganini bildirgandi.

Oʻzbekistonning JSTga aʼzo boʻlish harakatlari

Bu 1994-yildan boshlangan. 1998-yilda jarayonni amalga oshirish boʻyicha maxsus ishchi guruh tuzilgan. Lekin nomaʼlum sabablarga koʻra aʼzolik ishlari sust kechgan. 2005-yil oʻrtalariga kelib, xalqaro ekspertlar bilan uchrashuvlar toʻxtab qolgan. 2020-yil iyul oyida jarayon yana jonlanib, ishchi guruhning toʻrtinchi yigʻilishi oʻtkazilgan. Keyin 2022-yil iyun, 2023-yil mart va 2023-yil noyabr oylarida uchrashuvlar boʻlib oʻtgan.

O‘zbekiston 2026-yilgacha Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lmoqchi. Davlat rahbarining alohida nazorati asosida 2023-yildan boshlab ushbu tashkilotga aʼzo bo‘lish choralari ko‘rilmoqda. 2025-yil may oyida o‘tkazgan yig‘ilishda O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq bergandi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi chuqur o‘ylangan va uzoqni ko‘zlagan tanlov ekanligini ta’kidlagandi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar