Daryo

Bolgariyada hukumat tarqatib yuborildi

Bunga mamlakatda bir kun oldin o‘tkazilgan ommaviy namoyishlar sabab bo‘ldi.

1 daqiqa o‘qish3 835 ko‘rishlar0 izoh0

Bolgariyada 11-dekabr kuni bosh vazir Rosen Jelyazkov boshchiligidagi hukumat iste’fo berdi. Bu haqda AP News xabar berdi.

Mazkur voqea Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan mamlakatning yevrozonaga qo‘shilishi arafasida sodir bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, hukumat tarqatib yuborilishiga mamlakatda 10-dekabr kuni sodir bo‘lgan ommaviy namoyish turtki bo‘lgan. GERB partiyasi boshchiligidagi ozchilik koalitsiyasining iste’fosi parlamentda muxolifat tomonidan ilgari surilgan hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi ovozga qo‘yilishi oldidan e’lon qilindi.

“Bugun o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ishonchsizlik votumidan oldin hukumat iste’foga chiqmoqda”, dedi Rosen Jelyazkov.

Noroziliklar miqyosi va sabablari

Chorshanba, 10-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan namoyishlar o‘tgan haftadagi protestlarning davomi bo‘ldi. Aholi mamlakatda korrupsiya avj olgan olganidan shikoyat qilgan. Shuningdek, ular yaxshiroq turmush va mehnat sharoitlarini talab qilgan. Ommaviy axborot vositalarining dron tasvirlariga asoslangan hisob-kitoblariga ko‘ra, birgina poytaxt Sofiyaning o‘zida namoyishchilar soni 100 mingdan oshgan, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra esa 150 minggacha yetgan.

“Milliy Assambleyaning qarorlari xalq irodasini aks ettirsagina mazmunli bo‘ladi. Biz jamiyat istagini inobatga olamiz”, dedi Jelyazkov namoyishlarga ishora qilib.

Keyingi siyosiy qadamlar

Hukumatning iste’fosi rasman 12-dekabr kuni parlamentga taqdim etiladi va u qabul qilingandan so‘ng yangi siyosiy jarayon boshlanadi. Prezident Rumen Radev parlamentdagi eng katta guruhga yangi hukumatni tuzish imkoniyatini beradi.

6,4 million aholiga ega Bolgariya 2007-yilda YIga a’zo bo‘lgan. Mamlakat 21-a’zo sifatida 1-yanvar kuni o‘zining milliy valyutasi levdan yevroga o‘tishni rejalashtirilgan. Hukumat inqirozi bu jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatishi hozircha aniq emas.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar