Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati davom etmoqda. Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan ushbu nufuzli musobaqaning navbatdagi kunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi ringga ko‘tarildi.
Dastlab, -63,5 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tgan jangda Sаyat Ilyasov Qirg‘iziston vakili Omar Liva bilan to‘qnash keldi. Sayat barcha imkoniyatlarini ishga solganiga qaramay, raqibiga 0:5 hisobida yutqazib, musobaqadagi ishtirokini yakunladi.
Keyingi jang -71 kg vazn toifasida bo‘lib o‘tdi. Shu vazn toifasida ringga chiqqan Shavkatjon Boltayev Mozambik vakili Osorio Muhanga bilan uchrashdi. Qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tgan jangda Boltayev hakamlar qaroriga ko‘ra 3:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Kunning so‘nggi jangida -57 kg vazn toifasida ringga chiqqan Xo‘janazar Nortojiyev Shri-Lanka vakili Rukmal Podini 5:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Ma’lumot uchun, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida boks bo‘yicha Jahon chempionati 13-dekabrga qadar davom etadi.








