O‘zbekistonning sharqiy hududlarida 6-dekabr tunda yer qimirlashi kuzatildi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotiga ko‘ra, zilzila soat 2:04 da sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:
- Magnituda: 4,5
- Chuqurlik: 17 km
- Episentr: Namangan viloyati, Pop tumani
- Koordinatalar: 40.89 N, 70.75 E
- Toshkentdan masofa: 135 km janubiy-sharqda
Yer silkinishi hududlarda quyidagicha sezildi:
- Episentrda: 5 ball
- Namangan viloyati: 3 ball (77 km)
- Farg‘ona viloyati: 2–3 ball (104 km)
- Andijon viloyati: 2 ball (129 km)
- Toshkent shahri: 2 ball
- Sirdaryo viloyati: 2 ball (173 km).
Bundan avval Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida 14-noyabrda sodir bo‘lgan 3,7 magnitudali zilzila kuchi O‘zbekistonda sezilgan edi.








