Daryo

Koreyaga ishchi vizasi bilan ketgan oʻzbekistonliklar ogohlantirildi

Koreyada E-7 va E-9 vizalari bilan ishlayotgan baʼzi fuqarolar ish joyini norasmiy ishlarga almashtirmoqda. Shuningdek, ushbu xorijiy davlatda ish oʻrinlari qisqarishi boshlangan.

1 daqiqa o‘qish5 375 ko‘rishlar0 izoh3

Migratsiya agentligi Koreyada E-7 va E-9 vizalari asosida ishlayotgan oʻzbekistonliklarni ogohlantirdi.

Qayd etilishicha, mazkur vizalar asosida ushbu xorijiy davlatda ishlayotgan baʼzi fuqarolar ish joyini norasmiy ishlarga almashtirmoqda. Bu esa turli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bunda fuqaro ishdan boʻshatilsa, 1 oyda ish qidiruvchi sifatida roʻyxatdan oʻtishi, 3 oy muddatda yangi ish beruvchi topib, rasmiy shartnoma tuzishi shart. Bunga amal qilinmasa, katta miqdorda jarima, noqonuniylik maqomi va deportatsiyaga olib kelishi mumkin. Migratsiya agentligi bilan tuzilgan shartnomada ham ish joyini kelishmasdan tark etmaslik qatʼiy talab hisoblanadi.

Joriy yilda 20 nafar fuqarodan uch tomonlama shartnomani buzganligi uchun 660 million soʻm jarima undirildi. Deportatsiya qilinganlar esa davlat bergan barcha imtiyozlarni qaytarib berishi shart boʻladi. Shuningdek, ular 1-yil davomida xorijga tashkiliy tartibda yuborilmaydi.

Janubiy Koreyaning mehnat migratsiyasi boʻyicha maxsus ballik tizimi, yaʼni SPAS bazasida turganlar ish beruvchidan shartnoma olgan boʻlsa, bu ular xizmat tanlanganligini anglatadi. Biror shaxs tanlanishda yordam berish uchun pul talab qilsa, u firibgar boʻlishi bildirildi.

Qozogʻiston orqali Rossiyaga ketadigan Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirilgandi. Ular davlat chegarasidan oʻtishda amaldagi qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etishi lozimligi eslatilgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar