Daryo

Boks. O‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi

–63,5 kg vazn toifasida ringga chiqayotgan Sayat Ilyosovning falastinlik raqibi ikkinchi raunddan so‘ng jangni davom ettirmaslikka qaror qildi va o‘zbekistonlik bokschi keyingi bosqichga yo‘l oldi.

1 daqiqa o‘qish9 992 ko‘rishlar0 izoh3

Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Xalqaro boks assotsiatsiyasi — IBA tomonidan o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli musobaqada bugun, 4-dekabr O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari o‘z yurishini g‘alaba bilan boshladi.

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari ishtirokini –80 kg vazn toifasida Javohir Ummataliyev boshlab berdi. U Seyshel Orollari vakili Dasheil Fanchettega qarshi ringga ko‘tarildi. Jang to‘liq uch raund davom etdi va Ummataliyev raqibi ustidan hakamlar qaroriga ko‘ra 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Javohir Ummataliyev — World Boxing tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan Jahon chempionatining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. U IBA’ning kattalar reytingida hali yuqori o‘rinlarni egallamaganligi bois saralashning ilk bosqichidan o‘z ishtirokini boshladi. Keyingi bosqichda Ummataliyev 4-raqam ostida saralangan gaitilik Sedrik Beloni-Dulieprega qarshi ringga chiqadi.

Foto: O‘zbekiston boks federatsiyasi

Shuningdek, –63,5 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Sayat Ilyosov ham Jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi. U ilk bosqichda falastinlik Anas Sulaymonga qarshi bahs olib bordi va muddatidan avval g‘alabaga erishdi. Jang davomida Ilyosov raqibini nokdaun holatiga tushirishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi raunddan so‘ng falastinlik bokschi jangni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi va o‘zbekistonlik bokschi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Ilyosovning keyingi bosqichdagi raqibi Qirg‘iz Respublikasi vakili Umar Livaza bo‘ladi.

Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida tug‘ilganman. Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sport jurnalistikasi fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yil dekabr oyidan beri sport muxbiri lavozimida ishlayman va maxsus videomateriallar, tarjima maqolalar hamda xabarlar tayyorlayman. Sevimli filmim “Forrest Gamp”. “Shamol ortidan yugurib” (Xolid Husayniy) romanini yaxshi koʻraman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar