Daryo

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev professional ringdagi debyutida raqibini nokautga uchratdi

Shuningdek, Jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham mazkur kechada ringga ko‘tarildi.

1 daqiqa o‘qish3 462 ko‘rishlar0 izoh7

Havaskor boksda Olimpiya chempioni bo‘lgan Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev Rossiyaning Chelyabinsk shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida professional boksdagi ilk jangini o‘tkazdi.

Unga qozog‘istonlik Aydos Tastayev (8-7-0) raqiblik qildi. Jang ikkinchi raunddayoq yakunlandi. Mo‘ydinxo‘jayev ketma-ket kuchli zarbalar bilan raqibini texnik nokautga uchratdi.

Shu kecha doirasida havaskor boks bo‘yicha Jahon chempioni Javohir Ummataliyev ham ringga ko‘tarildi. U 6 raundlik debyut jangida ozarbayjonlik Rahim Aliyevni (3-0-0) hakamlar qarori bilan mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev — havaskor boks bo‘yicha Olimpiya chempioni. U -65 kg vazn toifasida jang qiladi. Mo‘ydinxo‘jayev 2024-yil Parij Olimpiadasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u joriy yil Liverpulda o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham oltin medalga ega chiqqan.

Javohir Ummataliyev ham sentyabr oyida Liverpulda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. U musobaqa finalida fransiyalik Yojerlen Sesar bilan bahs olib bordi va yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan 5:0 hisobida g‘alaba qozongan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar