Daryo

Ruslan Abdullayevning navbatdagi jang sanasi va raqib malum bo‘ldi

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi hozirga qadar professional boksda uchta jang o‘tkazib, mag‘lubiyatsiz seriya qayd etib kelmoqda.

1 daqiqa o‘qish7 078 ko‘rishlar0 izoh0

Havaskorlar o‘rtasida Jahon chempioni, hozirda professional boksda uchta jang o‘tkazib, mag‘lubiyatsiz harakat qilayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Ruslan Abdullayevning navbatdagi jangi sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, 16-yanvar, juma kuni AQSHning Kaliforniya shtati, Palm-Dezert shahrida bo‘lib o‘tadigan professional boks oqshomi doirasida ringga ko‘tariladi. Mazkur turnir Golden Boy promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Ushbu bahsda uning raqibi urugvaylik Eduardo Xavyer Abreu bo‘ladi. 37 yoshli charm qo‘lqop ustasi faoliyati davomida 17 ta jang o‘tkazib, 14 ta g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan.

Foto: Boxing Uzbekistan

Ma’lumot uchun, Ruslan Abdullayev 2023-yilda Toshkent shahrida o‘tkazilgan IBA Jahon chempionatida -63,5 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan. U professional boksdagi debyut jangini 2025-yil mart oyida Xose Alvaradoga (3-19-1, 2 KO) qarshi o‘tkazib, ikkinchi raundda uni nokautga uchratgan edi. Keyingi jangida Abdullayev Jino Rodrigoni (13-4-2, 11 KO) hakamlarning yakdil qarori bilan (80-71) mag‘lub etdi. Uchinchi jangda esa Kevin Jonsonga (12-7, 8 KO) qarshi ringga chiqib, hakamlar qaroriga ko‘ra (80-72, 79-73, 79-73) g‘alaba qozongan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar