Daryo

Ronaldu Madridda yana bir biznes boshlamoqda

Loyiha Ispaniya poytaxtidagi mashhur restoran va tungi klublar tarmog‘i egasi Inyigo Oniyeva bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

1 daqiqa o‘qish1 581 ko‘rishlar0 izoh1

Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hamda Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu biznes faoliyatini kengaytirishda davom etmoqda. Marca nashrining yozishicha, hujumchi Madrid markazida ochilayotgan yangi, yopiq formatdagi Vega Members Club loyihasiga hammuassis sifatida qo‘shildi.

Manbaga ko‘ra, loyiha poytaxtdagi mashhur restoran va tungi klublar tarmog‘i egasi Inyigo Oniyeva bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Taxminan 1000 kvadrat metr maydonga ega bu klub faqatgina maxsus a’zolar kirishi mumkin bo‘lgan yopiq zona tarzida faoliyat yuritadi.

Foto: Marca

Ichkarida mobil telefon, foto va video kameralardan foydalanish mutlaqo taqiqlanadi. Interyer esa 1950-yillardagi Nyu-York uslubida bezatilgan bo‘lib, Soho House kabi eksklyuziv klublar konsepsiyasiga asoslangan. Klub hozirda yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda va rasmiy ochilish tez orada bo‘lib o‘tadi. Ochilish marosimiga dunyoning mashhur shaxslari kelishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Ronaldu nafaqat futbol maydonida, balki sportdan tashqarida ham katta daromad topgan. U Nike, Armani kabi yirik brendlar bilan reklama shartnomalari tuzgan, shuningdek, o‘zining CR7 brendi ostida kiyim-kechak, mehmonxonalar va sport zallariga ham sarmoya kiritgan. 

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar