Daryo

Ronaldu sun’iy intellekt bo‘yicha startapga sarmoya kiritdi

Mazkur loyihaning qiymati 20 milliard dollarga baholanmoqda.

1 daqiqa o‘qish3 692 ko‘rishlar0 izoh1

Taniqli futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu sun’iy intellekt sohasidagi startap Perplexity AI’ga sarmoya kiritganini e’lon qildi. Uning qiymati 20 milliard dollarga baholanmoqda.

Ronaldu bu yangilikni 4-noyabr, payshanba kuni e’lon qilib, muvaffaqiyatga erishishda qiziquvchanlik muhim ekanini ta’kidladi.

“G‘oliblar hech qachon o‘rganishdan to‘xtatmaydi. Savol berishni to‘xtatmang. Shu sababli Perplexity’ga sarmoya kiritganimni e’lon qilaman”, deya yozdi hujumchi o‘zing X tarmog‘idagi sahifasida.

Hamkorlik doirasida “Perplexity x CR7” brendi ostida maxsus sahifa ishga tushiriladi, u Ronalduning karyerasini aks ettiradi. Futbol yulduzi bu hamkorlikni “faqat boshlanish” deb atadi va ularning maqsadi “har bir insonni yanada ambitsiyali savollar berishga ilhomlantirish” ekanini ta’kidladi.

Perplexity 2022-yilda tashkil etilgan va 2025-yil sentabr oyida 200 million dollarlik investitsiya jalb qilganidan so‘ng 20 milliard dollarga baholangan. Ronaldu dastlab platforma foydalanuvchisi bo‘lgan, keyin esa investorga aylangan. Oktabr oyida u Perplexity orqali Prestige Globe Award mukofoti uchun nutq tayyorlaganini bildirgan.

Ronaldu ijtimoiy tarmoqlarda 1 milliarddan ortiq kuzatuvchilarga ega bo‘lib, uning sarmoyasi va hamkorligi Perplexity foydalanuvchi bazasini sezilarli darajada kengaytirishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu UEFA Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar (140 gol) va “Real” tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi (450 gol) hisoblanadi. Bundan tashqari, u milliy jamoa tarixidagi eng ko‘p gol urgan futbolchi sifatida jahon rekordini ham o‘rnatgan (143 marta gol urgan). Portugaliyalik hujumchi hozirda Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubida to‘p tepadi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar