Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Muqaddas Sa’dullayeva marhum otasi, O‘zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayev bilan tushgan suratini joylab, sog‘inch azobi qiynayotganini yozib qoldirdi.

Olimpiada chempioni, dzyudochi Diyora Keldiyorova Instagram’dagi obunachilari soni 500 mingga yetgani munosabati bilan kuzatuvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Xonanda Ruxshona yoshligini xotirlab, arxiv suratini joyladi.

Para yengil atletikachi Asila Mirzayorova qiz farzandli bo‘ldi. Yosh ona o‘zi va farzandining salomatligi yaxshi ekani haqida video joyladi.
“Ummon” guruhi a’zosi Zohid Risqiyev oilasi va farzandlari bilan Istanbulda xordiq chiqarmoqda.

Xonanda Nilufar Usmonova “Xalqlar do‘stligi” saroyida “Uchrashardik” nomli konsert dasturini o‘tkazmoqda. Konsertiga onasi tashrif buyurmasligi haqida aytgan xonanda uchun O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning kutilmagan tarzda sahnaga chiqib, qizini tabriklab, qo‘shiq kuylab bergani kutilmagan holat bo‘ldi.

Foto: Instagram
Futbolchi Odil Ahmedov 25-noyabr sanasida tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Oila a’zolari va farzandlari sportchini tungi 00:00 da tabriklab, yaxshi tilaklarini bildirdi.

Aktrisa Feruza Yusupova va Abduvali Sahiyev oilasida xursandchilik — juftlikning qizalog‘i Shamsiya 2 oylik bo‘ldi.

Yulduz Rajabova Toshkent shahrining chang va ifloslangan havosida “qochib”, to‘yib nafas olish uchun tog‘ yonbag‘irlariga keldi.

Munisa Rizayevaning o‘g‘li 24-noyabr kuni 1 yoshga to‘ldi. Xonanda bu sanada o‘g‘lining yuzini muxlislariga ko‘rsatib, ismini ma’lum qilishini aytgan edi. Mashhur san’atkorlar, Munisaning yaqinlari davrasida katta tug‘ilgan kun kechasi bo‘lib o‘tdi. Dekoratsiyalarda “Tug‘ilgan kuning bilan, Aleks” deya tabrik yozib qo‘yilganini ko‘rish mumkin.








