Daryo

Instagram: Yangi kvartirali bo‘lgan aktrisa, Asal Shodiyevaning yangi obrazi, Shahzoda san’atga qaytadimi?

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar.

1 daqiqa o‘qish17 103 ko‘rishlar0 izoh14

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Taniqli xonanda Shahzoda muxlislaridan kelgan san’atga qaytish haqidagi savolga storis orqali javob berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u hali sahnaga qaytish haqida o‘ylayotgani yo‘q, ammo o‘zi va muxlislari uchun yangi qo‘shiq taqdim etish niyati borligini ma’lum qildi.

Foto: Instagram

Shundan so‘ng xonanda taqdim etiladigan qo‘shig‘i qaysi mavzuda bo‘lishi borasida muxlislarining fikri bilan qiziqdi.

Marhum xonanda Husniddin Xoliqovning qizi, aktrisa va model Farangiz Xoliqova ijtimoiy tarmoqlarda nega kamnamo bo‘lib qolganiga izoh berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, komfort zonasidan chiqishni xohlamayotgani aktrisaga blogini faol yuritishiga to‘sqinlik qilmoqda.

Foto: Instagram

Aktrisa Asal Shodiyeva mashhur “Kavkaz asirasi” filmidagi Nina obrazini gavdalantirdi.

Aktrisa Barchin G‘ofurova o‘zganing baxtsizligi evaziga baxt topib bo‘lmasligi haqida mulohaza yuritdi.

Foto: Instagram

Opasi bilan umra amalini bajarayotgan Aysanem Yusupova bu haqda sahifasiga joylagan suratlari orqali xabar berdi.

Foto: Instagram

​Aktrisa va bloger Feuza Normatova obunachilariga yangi suratini ulashdi. 

Foto: Instagram

Mahoratli teatr va kino aktrisasi Munavvara Abdullayeva inson umrini uch bosqichga bo‘lib tahlil qilar ekan, hayot hamisha bir haqiqatni takror-takror eslatib turishini ta'kidlamoqda.

Foto: Instagram

​“Har bir kunim o‘g‘limning kulgisi va mehriga to‘la. U juda tez ulg‘aymoqda. Men esa har bir lahzani yuragimda saqlab qolishga harakat qilyapman”. Xonanda Munisa Rizayeva hayotdagi eng ulug‘ va sharafli tuyg‘u — onalik baxtiga erishganini eng katta muvaffaqiyati deb hisoblaydi.

Foto: Instagram

Aktrisa va instabloger Muborak Abdullayeva orzusidagi yangi uyni xarid qilganini ma’lum qilib, bu quvonchli xabarni muxlislari bilan bo‘lishdi.

Qashqadaryo viloyatidanman. 2024-yilda Oʻzbekiston milliy universitetining jurnalistika fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2025-yildan buyon Lifestyle tahririyati muxbiri lavozimida ishlayman. Dostoyevskiy asarlarini, Rashod Nuri Guntekinning “Yashil kecha”sini, oʻzbek adabiyotidan “Ikki eshik orasi”, “Muvozanat” asarlarini sevib mutolaa qilaman. “Oq kema”(Chingiz Aytmatov asari), “Yettinchi boʻlmadagi moʻjiza” (Turkiya),“Majnuntol” (Eron) filmlarini yaxshi koʻrib tomosha qilaman.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar