Daryo

Instagram: Keliniga atab qo‘shiq kuylagan Guli Asalxo‘jayeva, orzusi ushalgan Durdona Qurbonova, Ruxshona asal oyida

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar

1 daqiqa o‘qish26 924 ko‘rishlar0 izoh1

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarining Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turk aktrisasi Hande Erchel sevgilisi, biznesmen Hakan Sabanji bilan Italiyada hordiq chiqarmoqda.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva ota-onasining yoshi 40 dan oshgach dunyoga kelgani, opasi va marhum pochchasi Fathulla Masʼudovning farzandlari, ya’ni jiyanlari o‘zidan katta ekanligi haqida so‘zlab berdi.

Foto: Instagram

Qiziqchi Shahboz Narziyev QVZ jamoasining arxiv suratlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Aktrisa Durdona Qurbonovaning yana bir orzusi amalga oshdi — u Fransiya bo‘ylab sayohatda.

Munisa Rizayeva X-Faktor loyihasida hakamlik kursisiga qaytdi. U doimgidek noodatiy obrazlari bilan muxlislarini lol qoldirmoqda.

Foto: Instagram

Shou-biznes vakillari orasida taniqli bo‘lgan stilist Azamat xonanda Feruza Jumaniyozovaga ham yangi obraz yaratdi.

Foto: Instagram

Guli Asalxo‘jayeva uchinchi o‘g‘lining nikoh oqshomida keliniga atab qo‘shiq kuyladi va shu sadolar ostida kelin-kuyov to‘yxonaga kirib keldi.

Aktrisa Bahora Arslonova Samarqand shahridagi 12 qavatli “qo‘ziqorin bino”ning buzib tashlanayotganidan xafa ekanini aytib, mehmonxona chiroyli arxitekturasi bilan barchaning e’tiborini tortishi haqida yozib qoldirdi.

Foto: Instagram
Foto: Instagram

Xonanda Lola ta’tilni Ozabayjon poytaxti Boku shahrida oilasi va yaqinlari bilan unutilmas tarzda o‘tkazmoqda.

Foto: Instagram

 

Xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i bilan Sharm ash-Shayxda asal oyini o‘tkazayotgani haqida so‘zlab berdi.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar