Daryo

Mercedes xarid qilgan Jenisbek Piyazov, Yahyobek Mo‘minov o‘g‘lining dabdabali to‘yi, yangi uyli bo‘lgan Malika Ravshanova

Ijtimoiy tarmoqlardagi qiziqarli foto va videolar.

1 daqiqa o‘qish4 558 ko‘rishlar0 izoh33

Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.

Turkiyalik aktrisa Tuba Buyukustun yangi filmi premyerasi kunidagi suratlarini obunachilari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Maryam Tillayeva Samarqandda bobosi Islom Karimovning qabrini ziyorat qildi.

Foto: Instagram

Feruza Normatovaning turmush o‘rtog‘i unga katta guldasta sovg‘a qildi.

Foto: Instagram

Xonanda Malika Ravshanova Chorvoq yonbag‘ridan yangi xonadon xarid qildi.

Instabloger Sevara o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Hozirda u ona va bolani parvarish qilish uchun mo‘ljallangan maskanda dam olmoqda.

Foto: Instagram

Muqaddas Sa’dullayeva hurmat va mehr sevgining asosi ekani haqida yozmoqda.

Foto: Instagram

“Dunyoni ko‘rganim sari miyamdagi dunyoning qanchalik kichik ekanini tushanaman”. Reper Konsta Yevropa bo‘ylab sayohatida anglaganlari haqida yozmoqda.

Foto: Instagram

Foto: Instagram

Opera ijrochisi Jenisbek Piyazov Mercedes-Benz Maybach avtomobilini sotib oldi.

Instabloger, boshlovchi Husnora Shodiyeva oilasi bilan kechki ovqat ustida.

Foto: Instagram

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Yahyobek Mo‘minov o‘g‘lining to‘yini Farg‘onada dabdabali tarzda o‘tkazdi. Kechada estradamizning yorqin vakillari Alisher Fayz, Abdurashid Yo‘ldoshev, qiziqchi Avaz Oxun, Yulduz Usmonova, Jahongir Poziljonov, Shukurullo Isroilov, xonanda Imron, operachi Jenisbek Piyazov hamda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham mehmon bo‘lib, qo‘shiq kuylab mehmonlarni xushnud qildi.

Toshkentdanman. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbek tili fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2024-yildan beri Layfstayl bo‘limida muxbir lavozimida ishlayman va maqolalar hamda videomateriallar tayyorlayman. Har yili ispan kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Невидимый гость” (“Ko‘rinmas mehmon”) filmni kamida ikki marta qayta tomosha qilaman. Imom al-Buxoriy haqidagi “Sohilsiz dengiz” kitobi yoqadi.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar