Daryo

Ekologiya inspektoriga kuch ishlatgan hokim o‘rinbosari ishdan olindi

Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda.

1 daqiqa o‘qish2 839 ko‘rishlar0 izoh34

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari Saidali Xidirov Ekologiya qo‘mitasi inspektori Ahrorjon Niyozovga kuch ishlatib, Milliy gvardiya xodimlari yordamida tuman IIBga olib ketgani haqida xabar berilgandi. Hokim o‘rinbosari hodisa sabab ishdan olindi.

Mazkur holat yuzasidan mutasaddilar tomonidan ishchi guruh tuzildi va o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari natijasida Buvayda tumani hokimi o‘rinbosari S.Xizirov lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan ish qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda surishtiruv harakatlari amalga oshirilmoqda. Yakuni bo‘yicha hokim o‘rinbosarining xatti-harakatlariga qonuniy baho berilishi aytildi.

Rasul Kusherboyevning aytishicha, aholi murojaatiga, asosan, holat joyiga tezkor yetib borgan Ekologiya qoʻmitasi inspektori noqonuniy daraxt kesish holatini aniqlagan. Uni toʻxtatish va belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtirmoqchi boʻlgan. Biroq uning qonuniy harakatiga zoʻravonlik yoʻli bilan qarshilik qilingan.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar