Daryo

Jizzaxda 10 oyda xodimlarning vaqtida toʻlanmagan 2,7 mlrd soʻm maoshi undirib berildi

Viloyatda ushbu davrda noqonuniy ishdan olingan 31 kishi oʻz lavozimiga qayta tiklangan.

1 daqiqa o‘qish2 209 ko‘rishlar0 izoh0

Jizzaxda 2025-yil 10 oyi davomida qancha nohaq ishdan olingan fuqaro faoliyatiga qayta tiklangani va ish haqlarini undirish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar ochiqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qilgan.

Qayd etilishicha, joriy yilning oʻtgan davrida ijro harakatlari jarayonida, noqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan 31 nafar xodim lavozimiga qayta tiklangan.

Shu bilan birga, 482 ta ijro hujjatlariga asosan fuqarolar foydasiga jami 2,7 milliard soʻm oʻz vaqtida toʻlab berilmagan ish haqlari undirilishi taʼminlangan.

Bunga tegishli sudning ijro hujjatiga asosan Jizzax shahridagi toʻqimachilik korxonasidan 250 nafar ishchi xodimlari foydasiga oʻz vaqtida toʻlab berilmagan 946,6 million soʻm ish haqining olib berilgani misol qilib koʻrsatildi.

Fargʻonada ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlarni undirish yuzasidan tashkilotlarga 119 ta taqdimnoma, sudlarga 111 ta daʼvo arizasi kiritilishi natijasida ishchilarning jami 5.5 milliard soʻmdan ortiq toʻlovlar undirilib, 3878 ta xodimning mehnat huquqlari tiklangani xabar qilingandi.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabasiman. “Daryo”da 2025-yilning avgust oyidan buyon ishlayman. Xabarlar yozaman. Sevimli kitobim Jek Londonning “Martin Iden” asari. Har yili Andrey Tarkovskiyning “Nostalghia” filmini kamida bir marta qayta ko‘raman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar