Daryo

“Chelsi” futbolchisining uyi talon-toroj qilindi

Gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangan, biroq ular allaqachon mamlakatdan chiqib ketgan, deya xabar beradi Daily Mail nashri

1 daqiqa o‘qish1 549 ko‘rishlar0 izoh1

Londonning “Chelsi” klubi hujumchisi Rahim Sterlingning uyi talon-toroj qilindi. Hodisa 8-noyabr, shanba kuni soat taxminan 18:30 atrofida yuz bergan. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, bu paytda futbolchi oilasi bilan uyda bo‘lgan va hech kim jarohat olmagan. Niqobli shaxslar Rahimning uyiga kirishga uringan, biroq hodisaning qolgan tafsilotlari hozircha aniq emas. Shuningdek, gumonlanuvchilarning shaxsi aniqlangan, biroq ular allaqachon mamlakatdan chiqib ketgan, deya xabar beradi Daily Mail nashri.

“Biz tasdiqlay olamizki, Rahim Sterlingning uyi hafta oxirida talon-torojga uchradi. Hodisa paytida u va bolalari uyda bo‘lgan. Biz shukr qilamizki, Sterling va uning yaqinlari xavfsiz. Shu murakkab pallada ularning shaxsiy hayotiga hurmat bilan yondashilishini so‘raymiz”, deydi futbolchining vakili

Sterlingning uyiga o‘gri tushish holati ilk marta kuzatilmayapti. 2022-yilda ham bu kabi holat sodir bo‘lgan, o‘sha paytda uyning ichida hech kim bo‘lmagan. Hodisa sabab Sterling Qatardagi Jahon chempionati 1/8 final bosqichi doirasidagi Senegalga uchrashuvini (3:0) o‘tkazib yuborgan.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Rahim Sterling bunga qadar “Liverpul”, “Manchester Siti” va “Arsenal” klublari sharafini himoya qilgan ham to‘p surgan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar