Daryo

“Real” Holandni sotib olishni istamoqda, ammo bitta muammo bor

Norvegiyalik futbolchi Madrid klubi bilan shartnoma imzolashga qarshi emas, lekin u Vinisius Junior bilan bir jamoada o‘ynashni xohlamaydi.

1 daqiqa o‘qish1 795 ko‘rishlar0 izoh2

Madridning “Real” klubi “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holandga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda El Gol Digital nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, norvegiyalik futbolchi Madrid klubi bilan shartnoma imzolashga qarshi emas, lekin u Vinisius Junior bilan bir jamoada o‘ynashni xohlamayapti. Klub ichidagi manbalar esa Vinisiusni sotish nafaqat jamoa ichidagi ziddiyatni kamaytirishi, balki Holand transferini amalga oshirish uchun kerakli mablag‘ni to‘plashga ham yordam berishi mumkinligini aytmoqda. Vinisius so‘nggi paytlarda barqaror o‘yin ko‘rsatmayapti va turli mojarolar markaziga tushib qolmoqda. Mazkur holat uning jamoadan ketish ehtimolini oshiradi.

Shuningdek, “Real”ning Holandga qiziqishi haqidagi xabarlar tarqalishi ilk marta yuz bermayapti. Norvegiyalik futbolchi “Manchester Siti”ga o‘tishidan oldin ham Madrid klubining qiziqishlari doirasida bo‘lgan. Ammo noma’lum sabablarga ko‘ra, transfer amalga oshmagan.

Hozirda “qirollik klubi”ning asosiy maqsadi — jamoa hujum chizig‘ida Kilian Mbappe va Erling Holandni birga o‘ynatish. Bu esa so‘nggi yillarning eng shov-shuvli transferlaridan biri bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Avvalroq OAVda Holandga Kataloniyaning “Barselona” klubi ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi. Unga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar” rahbariyati norvegiyalik forvard uchun Dani Olmo hamda pul taklif qilmoqchi ekanligi aytilgandi.

Ma’lumot uchun, Erling Holand joriy mavsum “Manchester Siti” safida jami 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobida 19 ta gol hamda 1 golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2034-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 180 million yevroga baholagan.

Qashqadaryo viloyatidanman. O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, Bosma OAV fakulteti, Sport jurnalistikasi yo‘nalishini tugatganman. “Daryo”da 2025-yilning mart oyidan beri ishlayman va xabarlar hamda tahliliy maqolalar yozaman. Har yili Qozog‘istonning “Hokim” kinosini kamida bir marta ko‘raman. Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasini sevib o‘qiyman.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar