Daryo

Tramp yili: AQSH prezidenti 2025-yil davomida nimalar qildi?

Donald Tramp 2024-yil 5-noyabrda AQSH prezidentligiga ikkinchi bor saylandi. 2025-yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan beri u nafaqat Qo‘shma Shtatlar, balki butun dunyo siyosatining eng ko‘p muhokama qilingan arbobiga aylandi. Quyida Tramp o‘z mamlakati va jahonda nimalar qilgani borasida so‘z boradi.

2 daqiqa o‘qish3 102 ko‘rishlar0 izoh3

Donald Tramp 2024-yil 5-noyabrda AQSH prezidentligiga ikkinchi bor saylandi. 2025-yil yanvar oyida Oq uyga qaytganidan beri u nafaqat Qo‘shma Shtatlar, balki butun dunyo siyosatining eng ko‘p muhokama qilingan arbobiga aylandi. Quyida Tramp o‘z mamlakati va butun dunyoda nimalar qilgani borasida so‘z boradi.

Bir yil ichida Trampning qarorlari xalqaro maydonda keskin bahs va ziddiyatlarni keltirib chiqardi. U birinchi navbatda deyarli barcha davlatlarga nisbatan bojlarni oshirib, global savdo urushini boshlab yubordi.

AQSH Xalqaro gumanitar yordam dasturlarni qisqartirdi; Isroil va HAMAS o‘rtasidagi sulhni ta’minlashda vositachilik qildi; Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi; Eron yadro obyektlariga zarbalar berdi va Qo‘shma Shtatlar yadro sinovlarini qayta boshlashini e’lon qildi.

CNN

AQSH ichkarisida esa Tramp migratsiyani keskin cheklash, noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportatsiya qilish, davlat idoralarida minglab xodimlarni ishdan bo‘shatish va irqiy hamda ijtimoiy tenglik dasturlarini bekor qilish kabi qarorlar qabul qildi. Bu islohotlar mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi. Ayrim shahar merlari Trampning hududlarga qo‘shin yuborish qarorlarini “konstitutsiyaga zid” deb atadi.

AFP

Trampning saylov kampaniyasida eng faol tarafdori tadbirkor Ilon Mask bo‘ldi. U kampaniyaga millionlab dollar sarfladi va g‘alabadan so‘ng “Hukumat samaradorligi departamenti” — DOGE deb nomlangan yangi idoraga rahbar etib tayinlandi. Mask davlat xarajatlarini kamaytirish va byurokratiyani qisqartirish bilan shug‘ullanishi kerak edi, biroq u kutilgan natijalarga erisha olmadi. Tramp bilan kelishmovchiliklar ortidan u may oyida lavozimini tark etdi.

Tashqi siyosatda Tramp Ukrainaga harbiy yordam shartlarini o‘zgartirishni, Amerika kompaniyalariga mamlakat konlaridan foydalanish huquqini berishni taklif qildi. Shu bilan birga, u Rossiyaning “Rosneft” va “Lukoil” kompaniyalariga sanksiyalar joriy etdi. Kanadani “AQSHning 51-shtatiga aylantirish”, Grenlandiyani sotib olish va Panama kanalini “AQSH nazoratiga olish” haqidagi bayonotlari esa xalqaro tanqidlarga sabab bo‘ldi.

Yil o‘rtalarida Tramp Eron va Isroil o‘rtasidagi to‘qnashuvda, Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasidagi qurolli mojaroda, shuningdek, Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlikda vositachi sifatida chiqish qildi. U Isroil va HAMAS o‘rtasida garovdagilarni ozod etish va o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishilganini e’lon qildi.

The Washington Post

Tramp o‘zini “urushlarni to‘xtatuvchi prezident” deb atab, tinchlik o‘rnatish tashabbuslari uchun Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Ammo 2025-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti Venesuela muxolifati rahbari Mariya Korino Machadoga topshirildi.

2025-yil davomida Trampning qarorlari AQSHni siyosiy jihatdan yanada bo‘lingan mamlakatga aylantirdi. Prezidentning tarafdorlari uni “Amerikani yana kuchli qilayotgan lider” deb atasa, muxoliflar uni “avtoritar uslubdagi prezident” sifatida tanqid qilmoqda.

Mirzayeva Dilafroʻz Safar qizi. 1999-yilda Toshkent viloyatida tavallud topgan. Millati — oʻzbek. 2024-yilda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Sinxron tarjima yoʻnalishi magistr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar