AQSH prezidenti Donald Tramp o‘z tarafdorlariga “jannatga kirish” uchun 15 dollar xayriya qilishni so‘rab, elektron xat yubordi. Xat matnini Metro gazetasi veb-saytida e’lon qildi.
“Men jannatga kirishga urinib ko‘rmoqchiman”, deya yozgan Oq uy rahbari.
Tramp o‘tgan yili unga suiqasd uyushtirilgani va “o‘q uning terisini teshib o‘tgani”ni eslatgan. Uning aytishicha, Oq uyga “g‘olibona” qaytishi sodir bo‘lmasligi kerak edi. Biroq Xudo uni “Amerikani yana buyuk qilish” uchun qutqarganiga ishonishini bildirgan.
AQSH prezidenti o‘z murojaatida tarafdorlari doimo, jumladan prezidentlik saylovlari, sud jarayonlari va unga suiqasd qilingan paytlarda ham u bilan birga bo‘lganini ta’kidlagan.
“Bu mamlakatni qutqarish uchun kurashda hech qachon chekinmasligimizni va taslim bo‘lmasligimizni dunyoga ko‘rsatadigan payt keldi. Shuning uchun men Trampni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 24 soatlik xayriya yig‘inini boshladim va har bir kishidan bu harakatlar hisobga olinishi uchun 15 dollar xayriya qilishini so‘rayman”, dedi u.
Bundan oldin Tramp Ukrainadagi mojaroning hal etilishi uning jannatga kirishiga yordam berishiga umid bildirgan edi. Shu bilan birga, u hozircha osmondagi o‘rnini ta’minlash vazifasini yaxshi uddalay olmayotganini tan oldi.








